Ishlaydigan veb-mahsulotlar: g'oyadan jonli saytgacha.

CSEC Webcoder — ta'lim markazlari, universitetlar va xavfsizlik jamoalari uchun veb-platformalar, CRM tizimlar va Telegram botlar yaratadigan studiya. Bugun to'qqizta mahsulot real foydalanuvchilar bilan ishlamoqda — pastga tushing, har birini yaqindan ko'ring.

Yo'lakka kirish
01/09

EducationCRM

O'quv markazini boshqarish tizimi: guruhlar va dars jadvali, davomat, to'lovlar va qarzdorlik nazorati, lid boshqaruvi. Direktor, menejer, o'qituvchi va marketing uchun alohida panellar; ota-onalar Telegram bot va mobil ilova orqali xabar oladi.

Turi
SaaS · CRM
Stack
Next.js, Express, MongoDB
Til
O'zbek
educrm.pro
02/09

Innovatsion texnologiyalar universiteti

Innovatsion texnologiyalar universitetining rasmiy portali: qabul komissiyasi, fakultet va yo'nalishlar, yangiliklar, rahbariyat, talabalar uchun xizmatlar. To'rt tilda, mikroservis arxitekturasida.

Turi
Universitet portali
Stack
Next.js, Node.js mikroservislar, PostgreSQL
Til
O'zbek · Qoraqalpoq · Rus · Ingliz
uit.uz
03/09

Oq Do'ppi

O'zbekistonning bug bounty platformasi: kompaniya dastur ochadi, oq shlyapali tadqiqotchilar zaifliklarni topib hisobot yuboradi, triaj va mukofot to'lovi bir joyda. Tadqiqotchi va biznes panellari, reyting, xabarnomalar.

Turi
Xavfsizlik platformasi
Stack
Next.js, Express, PostgreSQL, Prisma
Til
O'zbek
oqdoppi.uz
04/09

Lingvometodika

Ona tili o'qituvchilari uchun metodik markaz: prezentatsiyalar, interaktiv o'yinlar, video va rasmli topshiriqlar, testlar. Ro'yxatdan o'tmasdan ochiladi; o'qituvchi kabinetidan yangi material qo'shiladi.

Turi
Ta'lim platformasi
Stack
Next.js, Node.js
Til
Qoraqalpoq
lingvometodika.uz
05/09

Frazeomix

Qoraqalpoq frazeologiyasini o'rganish platformasi: qidiruvli frazeo-lug'at, kurs, laboratoriya, mashqlar va metodikalar banki. O'qituvchi kabineti orqali yangi iboralar va topshiriqlar kiritiladi.

Turi
Ta'lim platformasi
Stack
Next.js, Node.js
Til
Qoraqalpoq
frazeomix.uz
06/09

Universitet CRM

Universitet uchun dars jadvali tizimi: o'qituvchi yuklamasini taqsimlash, auditoriya va vaqt to'qnashuvlarini tekshirish, guruh bo'yicha jadval. Talaba guruh nomini kiritib, jadvalini ro'yxatdan o'tmasdan ko'radi.

Turi
Ichki tizim · Jadval
Stack
React, Vite, Express, TypeScript, PostgreSQL, Prisma
Til
O'zbek
crm.uit.uz
07/09

AralCoders

IT-kompaniya uchun korporativ sayt: xizmatlar, portfolio va buyurtma formasi. Uch tilda, qidiruv tizimlariga tayyor, sekundlarda ochiladi.

Turi
Korporativ sayt
Stack
React, Vite
Til
O'zbek · Rus · Ingliz
aralcoders.uz
08/09

Mafia · Tungi Shahar

Brauzerda real vaqtda Mafiya: xonalar, rollar, kun–tun bosqichlari, ovoz berish va chat. Google orqali kirish, WebSocket ustida; o'yin mantiqi alohida servisda ishlaydi.

Turi
Onlayn o'yin
Stack
Next.js, Socket.io, Node.js mikroservislar
Til
O'zbek
mafia-game.uz
09/09

SysDraw

Tizim arxitekturasi va sxemalarni brauzerda chizish vositasi.

Turi
Veb-vosita
Stack
React, Node.js
Til
O'zbek
sysdraw.uz

Nima qilamiz

Loyiha kichik bo'lsa ham to'liq sikl: dizayn, kod, server va xavfsizlik — bitta jamoada.

Veb-platformalarNext.js va React'da: tez ochiladi, qidiruvda topiladi, telefon va kompyuterda bir xil ishlaydi. CRM va boshqaruv panellariRollar, hisobotlar, jadval va to'lovlar — ish jarayoningizga moslab, ortiqcha tugmalarsiz. Backend va APINode.js va Express, PostgreSQL yoki MongoDB; kerak bo'lsa mikroservislar va real vaqt (WebSocket). Telegram botlarBildirishnoma, ariza va to'lov qabul qilish, CRM bilan ikki tomonlama sinxron. Xavfsizlik tekshiruviHar loyiha ishga tushishdan oldin o'zimiz pentest qilamiz: OWASP bo'yicha tekshiruv, kirish nazorati, HTTPS.

Jarayon

Besh bosqich. Natijani oxirida emas, har hafta ko'rasiz.

  1. 1

    Brif

    Vazifa, auditoriya va muddat. Nimani qurmasligimizni ham kelishib olamiz.

  2. 2

    Dizayn

    Sahifa tuzilmasi, tipografika va rang tizimi — loyihaga xos, shablon emas.

  3. 3

    Qurish

    Frontend va backend parallel. Har hafta test serverda ishlaydigan demo.

  4. 4

    Sinov

    Funksional test, tezlik, mobil va xavfsizlik tekshiruvi.

  5. 5

    Ishga tushirish

    Domen, server va HTTPS sozlanadi. Keyin — monitoring, zaxira nusxa va yangilanishlar.

Har bir mahsulot real odamlar bilan ishlaydi: talabalar jadvalini ko'radi, menejerlar to'lovni nazorat qiladi, tadqiqotchilar hisobot yuboradi.

0
jonli mahsulot
0
interfeys tili
0
soha: ta'lim, universitet, xavfsizlik
Frontend
Next.js · React · Vite · TypeScript · Tailwind CSS · Ant Design
Backend
Node.js · Express · Socket.io · Telegram Bot API
Ma'lumotlar
PostgreSQL · Prisma · MongoDB

Loyiha bormi?
Yozing.

Ikki-uch jumla yetadi: nima qurmoqchisiz va qachonga. Bir ish kuni ichida javob beramiz.